Ta'lim olish yo'lidagi hamrohingiz

Muhim eslatma!

Al Bukhari International University hamda Vaqf Xayriya Jamoat Fondi o‘rtasida tuzilgan o‘zaro anglashuv memorandumi asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan abituriyentlar qabul jarayonida har ikkala platforma orqali ham ro‘yxatdan o‘tishlari majburiy hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, universitetga hujjat topshirayotgan barcha nomzodlar bir vaqtning o‘zida:

  1. Al Bukhari International Universityning rasmiy qabul platformasi orqali;
  2. Vaqf Xayriya Jamoat Fondining maxsus ro‘yxatdan o‘tish platformasi orqali

to‘liq va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Ma’lum qilamizki, Vaqf Xayriya Jamoat Fondi Al Bukhari International Universityning O‘zbekiston Respublikasidagi rasmiy va yagona hamkor tashkiloti hisoblanadi. Shu sababli, qabul jarayonida nomzodlarning ma’lumotlari har ikki platforma orqali o‘zaro muvofiqlashtiriladi hamda tekshiriladi.

E’tibor bering, faqat bitta platforma orqali ro‘yxatdan o‘tgan yoki ikki platformadagi ma’lumotlari o‘zaro mos kelmaydigan nomzodlar qabul jarayonining keyingi bosqichlariga, jumladan suhbat (intervyu) imtihonlariga kiritilmaydi. Bunday holatlarda nomzodning arizasi to‘liq rasmiylashtirilmagan deb hisoblanadi.

Shu bois barcha abituriyentlardan hujjat topshirish jarayonini belgilangan talablar asosida yakunlashlari, har ikkala platformada ro‘yxatdan o‘tganliklarini oldindan tekshirishlari hamda taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga alohida e’tibor qaratishlari so‘raladi.

Qabul jarayonida tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, har ikki platformada ro‘yxatdan o‘tish majburiy talab ekanligini inobatga olishingizni so‘raymiz.

* Fondning saytidan ro‘yhatdan o‘tishda muammoga uchrasangiz fondning hududiy filiallariga murojaat qilishingiz mumkin.

Ariza formasi

Shaxsiy ma'lumotlar

Viloyat, tuman va ko'cha nomini to'liq ko'rsating
Format: +998 XX XXX XX XX

Hujjatlar